Xorijiy hamkorlik
23.04.2025
#Xorijiy_hamkorlik
#TATU_TM
Joriy yilning 23 aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida “Axborot tizimlari va texnologiyalari” va “Telekommunikatsiya va pochta aloqa texnologiyalari” yo‘nalishlari tinglovchilari uchun Janubiy Koreyalik professor Lee Seung Jik ishtirokida “Artificial Intelligence Basics: What is AI and its Main Benefits” mavzusida seminar tashkil etildi.
Seminarda sun’iy intellekt algoritmlari talab qiladigan katta hajmdagi ma’lumotlarni to’plash va qayta ishlash mumkin bo‘lgan foydali amaliy natijalarga bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etildi.